FRAUNGOFER (Fraunhofer) Yozef (1787.6.3, Shtraubing 1826.7.6, Myunxen) — nemis fizigi. Bavariya FA aʼzosi (1823). Mustaqil maʼlumot olgan. Myunxen mat. va optika in-ti direktori (1818-y. dan), Myunxen un-ti prof. Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Fraungofer Quyosh va sayyoralarning spektrlarini oʻrgangan. Dispersiyani tadqiq qilishga, axromatik linza olishga muhim hissa qoʻshgan. Katta axromatik obyektivlar tayerlash texnologiyasini takomillashtirish, spektrometr, axromatik mikroskop, okulyar mikrometr va geliometrni ixtiro kilgan. Quyosh spektridagi qora chizikdar (fraungofer chiziqlari)ni birinchi boʻlib oʻrgangan, toʻlqin uzunligini oʻlchagan. Difraksion panjara ixtiro qilgan va uni parallel nurlar difraksiyasini tadqiq qilishda qoʻllagan.