FTORID KISLOTA — vodorod ftorid HF ning suvdagi eritmasi. 77% li eritmaning zichligi 1262 kg/m3, 95,2% li eritmaniki esa 1082 kg/m3. F. k. oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, ftoridlar va ularni eritib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Ftorid kislota boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq silikat materiallar b-n (jumladan, shisha bn) ham shiddatli reaksiyaga kirishadi. Shishani tezoblab gul va turli belgilar chizishda, ftoridlar oliщda, erituvchi va reagent sifatida ishlatiladi.