FUROT, Frot (oromiycha — shirin suv, arab, nomi — Shatt ulFurot) — Gʻarbiy Osiyodagi eng katta dare. Turkiya, Suriya va Iroq hududlaridan oqadi. Murod va Qorasuv daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Murod daryosi boshlanishidan 3065 km, Murod va Qorasuv daryolari qoʻshilgan joydan 2700 km. Havzasining mayd. 673 ming km2. Tavr togʻlaridan boshlanib, chekka tizmalardan oʻtganda tor dara hosil qiladi. Soʻngra Suriya platosida chukur vodiyda okib, Mesopotamiya payettekisligiga chiqadi. Bu yerda dare oʻzanining kengligi 150—500 m, chuq. 10 m ga yetadi. Kuyi qismida Dajla daryosi b-n qoʻshilib, Shatt ulArab deb ataladi va Fors qoʻltigʻiga kuyiladi. Bahorda toʻlib oqadi, yoz oylarida suvi kamayadi. Togʻli qismida qoryomgʻir, tekislikda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toshgan vaktda suv sathi 3 — 4 m koʻtariladi. Suv sarfi Hit sh. da oʻrtacha 840 m3/sek., quyi qismida 300 — 400 m3/sek. gacha kamayib boradi. Furot suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi, bir qismi bugʻlanadi va yerga singadi. Daryo oqiziqlari oʻrta oqimidan (yiliga 13—15 mln. t) quyilishiga tomon choʻkib kamayib boradi. Furot bilan Dajla oraligʻi Yer yuzidagi eng qad. madaniyat markazlaridan boʻlgan (q. Mesopotamiya). Daryo suvi qadimdan sugʻorishda keng foydalaniladi. Furotda toshqinga qarshi gidrotexnik inshootlar va marzalar, gidrouzel hamda suv omborlari qurilgan. Hit sh. gacha kema qatnaydi. Sohil qismida voha koʻp.