Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

GADFILD POʻLATI

GADFILD POʻLATI [ingliz metallurgi R. A. Gadfild (1858—1940) nomidan] — yukori bosimlar yoki zarbiy taʼsirlarga, yeyilishga (ishqalanishga) qarshiligi yuqori bulgan poʻlat. Tarkibida marganes (11—14%) va uglerod (0,9—1,3%) mikdori kupligi bilan bosh-qa poʻlatlardan farq kiladi. Gadfild poʻlatidan tayyorlangan shakldor quymalar sanoatda (maydalagichlarning jagʻlari va tegirmon sharlari tayyorlashda) va transportov (rels krestovinalari, t. y. strelka oʻtkazgichlari tayyorlashda) ishlatiladi.

Prev Article

GADOLINIT

Next Article

GAJAK