GAGAUZ TILI — gagauzlar tili. Turkiy tillarning jan.-gʻarbiy (oʻgʻuz) guruhiga mansub. Moldaviya va Ukrainaning jan. da, Shim. Kavkaz, Ruminiya, Shim.-Sharqiy Bolgariyada tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 220 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Bu til leksikasida bolgar, rus, moldavan kabi qoʻshni tillarning taʼsiri bor. G. t. fonetikasi-dagi asosiy xususiyat — ikkilamchi choʻziq unlilar mavjud boʻlib, difton-glashuvning yuzaga kelishi va soʻz bo-shida yuqori va oʻrta koʻtarilishdagi unlilar oldidan undoshlarning «y» lashuvidir. Koʻpgina undoshlar old kator unlilar bilan yonma-yon kelganda yumshaydi; gapda soʻzlar erkin tartibda keladi. Yordamchi soʻzlar vositasida birikma hosil qilish rivojlangan. Gagauz tilining asosan chodirlungqumrat (markaziy) va vulkanesht (jan.) lahjalari bor. Gagauz tilining yozuvi 1957-y. dan qabul qilingan, kirillrus grafikasiga asoslangan. Alifboga fonetik talabga kura «a», «b», «u» harflari qoʻshilgan.