GAGAUZLAR

GAGAUZLARMoldaviya (153 ming kishi) va Ukraina (40 ming kishi)da yashovchi turkiy xalq. Shuningdek RF(10 ming), Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya, Turkiya, qisman Qozogʻiston (Sirdaryo boʻylari) va Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati) ham yashaydi. Umumiy soni — 220 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Gagauz tiliaya soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Gagauzlarning ajdodlari turkiy oʻgʻuz, uz, qipchoqlar va b. boʻlib, keyinchalik ularning tarkibiga slavyanlashgan bolgarlar aralashib ketgan. Gagauzlarda antropologik jihatdan mongoloidlik xususiyatlari saqlangan. Gagauzlarning moddiy-maʼnaviy madaniyati bolgarlarga yaqin.

Prev Article

GAGAT

Next Article

GAGIK I