GALANTAMIN

GALANTAMIN (Galanthaminum) – boychechak va ungerniya oʻsimligining ayrim turlaridan olinadigan alkaloid. Achchiq oq poroshok. Tana va silliq muskullar tonusi pasayganda, harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlar funksiyasi buzilganda, poliomiyelit va bolalarning serebral falajida qoʻllaniladi. Galantamin gidrobromidning suvdagi eritmasi teri ostiga yuboriladi.

Prev Article

GALAKTURON KISLOTA

Next Article

GALAOSIYO