GALLEY KOMETASI — dumli yulduz. Ingliz olimi E. Galley 1705-y. da kashf qilgan va uning Quyosh sistemasi aʼzosi ekanligini isbotlagan. Kometaning Quyosh atrofida aylanish davri taxm. 76 yilga teng. 1910 va 1986-y. larda Quyoshga yaqinlashganida avvaldan tuzilgan bir qancha xalqaro dasturlarga muvofiq kuzatuv ishlari olib borildi. 1910-y. da Quyoshga yaqinlashishida uning dumi 140° boʻlib, Yer shari uning dumi orasidan oʻtgan boʻlishi kerak, orbitasining ekssentrisiteti 0,967, perigeliyda Quyoshdan uzoqligi 0,6 astronomik birlikka teng. Quyoshga har gal yaqinlashganida ilgarigiga qaraganda xiraroq koʻrinadi. 1986-y. ga yaqin kelishida ham 1910-y. dagiga qaraganda 2 — 3-marta xiraroq edi. Shunga qaramay, oddiy teleskopik kuzatishlardan tashqari G. k. ga sobiq Ittifoq («Vega-1», 1986.6.3, «Vega-2», 1986.9.3), AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya («Jotto», 1986.14.3) dan maxsus kosmik apparatlar uchirilib, Galley kometasi yaqinida har tomonlama tekshirishlar olib borildi.