GALLIYA

GALLIYA — tarixiy viloyat. Po daryosi b-n Alp togʻlari oraligʻi (Sizalpin Galliyasi) hamda Alp togʻlari, Oʻrta dengiz, Pirenei ya. o., Atlantika okeani oraligʻi (Transalp Galliyasi)da joylashgan. Mil. av. 6-a. dan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib oʻrnashgan. Mil. av. taxm. 220-y. Sizalpin Galliyasi hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58—51 y. larda Transalp Galliyasi hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi (Narbonna Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Akvitaniya va Belgika) ga boʻlingan. Mil. 5-a. boshidan Galliya hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-a. oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.

Prev Article

GALLITSALAR

Next Article

GALLOVEY QORAMOL ZOTI