GALOFITLAR

GALOFITLAR (yun. hals — tuz va hyton — oʻsimlik) — shoʻrlangan tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar, asosan shoʻradoshlar oilasiga mansub turlar kiradi. Tanasi va bargi seret, sertuz, choʻl mintaqasida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda baliqkoʻz, qizilshoʻra, oqshoʻra va b. oʻsadi. Galofitlar shoʻrlanishi 0,3— 20%o gacha boʻlgan tuproqlarda oʻsadi. Kuchli shoʻrlangan tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar obligat Galofitlar, kam shoʻrlangan tuproqsa oʻsadigan oʻsimliklar fakultativ Galofitlar deyiladi. Shoʻrlangan tuproqlarda tuzlar mikdori koʻp, osmotik bosim yuqori boʻladi. Tuproqda suvni boshqa (G. boʻlmagan) oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi. Obligat Galofitlarni bargi va poyasi etdor, hujayra sitoplazmasida tuz koʻp boʻladigan eugalofitlarga (qorashoʻra, oqshoʻra, shoʻrbuta) va toʻqimalarida toʻplanib qolgan tuzlarni maxsus bezlar orqali ajratib chiqarib turadigan kinogalofitlarga ajratiladi.

Prev Article

GALOMORF TUPROQPAR

Next Article

GALTEL