GALOGENIDLAR

GALOGENIDLAR — galogenlarnint boshqa elementlar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari. Galogenidlarga, odatda, galogen atomining elektr manfiyligi boshqa elementlarnikiga Karaganda yuqori boʻlgan birikmalar kiritiladi. Aralash va poligalogenidlar, gidrogalogenidlar, oksogalogenidlar, oksigalogenidlar, gidroksogalogenidlar, tiogalogenidlar va kompleks Galogenidlar mav-jud. Element — galogen bogʻlanishiga koʻra oddiy Galogenidlar ionli va kovalentli xillarga boʻlinadi.

Galogenidlarni toʻgʻridan-toʻgʻri elementlardan, galogenvodorodlarni yoki ularning kislotalarini elementlar bilan reaksiyaga kiritib olish mumkin.

Galogenidlar tabiatda minerallar holida, dengiz va ummonlar suvida uchraydi. Baʼzi Galogenidlar (mas, natriy xlorid, kaliy xlorid, kalsiy xlorid) tirik organizm tarkibiga kiradi.

Galogenidlar texnikada galogenlar olishda, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar sintezida, shisha va b. anorganik materiallar komponenti sifatida qoʻllaniladi.

Prev Article

GALOGENEZ

Next Article

GALOGENLAR