GAMETOFIT

GAMETOFIT (gametalar va fito…) — nayeli almashinib rivojlanadigan oʻsimliklarning jinsiy nayeli (boʻgʻini). Gametofit sporadan hosil boʻladi. Nayel almashinish tipiga binoan Gametofit har xil boʻladi. Nayeli izomorf almashinib turadigan suv oʻtlarida Gametofit mustaqil hayot kechiradigan va tashqi koʻrinishi bilan diploid sporofitdan deyarli farq qilmaydigan boʻgʻin hisoblanadi. Geteromorf siklli organizmlar (laminariya suv oʻtlari)da Gametofit kuchsiz shoxlanadigan va yirik sporofitdan keskin farq qiladi. Nayeli geteromorf almashinib turadigan yuksak oʻsimliklardan faqat moxlarning Gametofiti barg va poyali yashil oʻsimlik hisoblanadi. Paporotniklar, urugʻli oʻsimliklarda Gametofit kuchsiz rivojlangan va uzoq yashaydi.

Yuksak oʻsimlyklar evolyutsiyasi davomida G. asta-sekin reduksiyaga uchragan.

Prev Article

GAMETANGIY

Next Article

GAMZATOV