GANDIZM — ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy taʼlimot. M. K. Gandi tomonidan ishlab chiqilgan va hind milliy ozodlik harakatining mafkurasiga aylangan. Gandizm ga^sh/duiamnazariy asos qilib olingan. Kelib chiqishi qad. hind anʼanalariga borib taqaladi. Ijtimoiysiyosiy masalalarni hal qilishda diniy axloq nuktai nazaridan yondashish bu taʼlimotga xos xususiyat. Yer yuzida «sarvadoyya», yaʼni «umumiy farovonlik jamiyati» qurish gʻoyasini ilgari surgan. Bu maqsadga erishishning usuli — «satyagraxa», yaʼni «kuch ishlatmasdan kurashish»dir. Tarixan shakllangan tartibotlar hamda urfodatlarni saqlab qolish zarur, ularni kuch ishlatmasdan asta-sekin yangi mazmun bilan toʻldirib, qayta qurish kerak. Gandizm jamiyatdagi tengsizlikni rad etadi, kastachilikka qarshi chiqadi. Hindiston mustaqillikka erishganidan (1947) va M. Gandining fojiali oʻlimidan (1948) keyin Gandizm milliy ozodlik kurashi mafkurasi sifatidagi mavqeini yoʻqotdi.
Ad.: Hindistonda ijtimoiy fikrlar, T., 1973; Djavaxarlal Neru, Vzglyad na vsemirnuyu istoriyu, t. 3, M., 1975.