GANGLIOBLOKATORLAR

GANGLIOBLOKATORLAR, gangliolitiklar, ganglioplegik dorilar — asosan vegetativ gangliylarda nerv qoʻzgʻalishining sinapsdai oʻtishini susaytiradigan moddalar. Ganglioblokatorlar simpatik va parasimpatik gangliylarda bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls oʻtishini susaytiradi, natijada arterial tomirlarda qon bosimi pasayadi, periferik tomirlarda (mas, oyoq tomirlarida) qon yurishi tezlashadi, meʼdadan shira chiqishi kamayadi, meʼda-ichak harakati susayadi va h. k. Bunday dorilarga benzogeksoniy, pentamin, pirilen va sh. k. kiradi. Ganglioblokatorlar periferik qon tomirlar spazmida (obliteratsiyalovchi endarteriit), gipertoniya krizi, kauzalgiya, meʼda yarasi, bronxial astmaning baʼzi xillari va b. hollarda qoʻllaniladi.

Prev Article

GANGLIY

Next Article

GANGLIONEVROMA