GAVHAR — qimmatbaho tosh; brilliant, javohir; sunʼiy usulda qirralangan, tarashlangan va sayqal berilgan olmosning xalqtilidagi nomi. Tomonlari 6, 8, 12, 16, 24, 36, 48 va undan koʻp qirrali boʻladi. Qirralariga tushgan nur turli ranglarga parchalanishi tufayli Gavhar kamalakdek tovlanadi. Zirak, uzuk, shoda, toʻgʻnogʻich kabi ziynat buyumlariga ishlatiladi. Yirik Gavharlar asrlar boʻyi saqlanib, koʻpincha ularda qaysi yili kimning qoʻliga tushganligi va qayerda saqlanganligi yozilgan boʻladi. Bunday Gavharlar tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, maxsus roʻyxatga olinadi. Xalq tilida dur, marvarid va b. qimmatbaho toshlar ham Gavhar deb yuritiladi (yana q. Olmos).