GAYDUZEK

GAYDUZEK (Cajdusek) Daniyel Karlton (1923) — Amerika vrachi, virusologi va epidemiologi. Odamda viruslar qoʻzgʻatib asta-sekin kechadigan kasalliklar (yashirin davri bir necha yil davom etadigan va asosan markaziy nerv sistemasiga zarar yetkazadigan kasalliklar)ni aniqdagan; bu kasalliklarning sabablari, kelib chiqish mexanizmlari va xususiyatlari, kechishi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1976; B. Blamberg bilan hamkorlikda).

Prev Article

GAYDN

Next Article

GAYDUKLAR