GAZ-ELEKTR PAYVAND

GAZ-ELEKTR PAYVANDelektr payvand turi. Bu usulda metallar argon, geliy, vodorod, azot, karbonat angidrid gazlari va suv bugʻlari ishtirokida elektrodlar bilan payvandlanadi. Bular (gazlar va suv bugʻlari) payvand choklarni atmosferadagi kislorod va azot taʼsiridan asraydi. G.-e. p. eriydigan yoki erimaydigan elektrodlar yordamida bajariladi. Sifatli poʻlatlar va rangli metallar shu usulda payvandlanadi (yana q. Payvandlash).

Prev Article

GAZ-CHANG BULUTLARI

Next Article

GAITI