GAZ RAZRYADI — tashki elektr maydon taʼsirida gaz yoki gazlar aralashmasidan elektr tokining oʻtish jarayoni. Mustaqil va nomustaqil xillarga boʻlinadi. Gaz yoki gaz aralashmalarida tashki ionlashtiruvchiga bogʻliq boʻlmagan razryad mustaqil Gaz razryadi deyiladi. Gaz yoki gaz aralashmasida tashki ionlashtiruvchi taʼsirida sodir boʻladiganrazryadganomustaqil Gaz razryadi deyiladi. Toj razryad, uchkunli razryad, miltillama razryad va yey razryadi mustaqil Gaz razryadi jumlasiga kiradi.