GEL TILI

GEL TILI (gael, shotland, er tili deb ham ataladi) — hind-yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shim.-Gʻarbiy Shotlandiya, Gebrid o. lari va Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. Gel tilida 100 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). Gel tili irland tilinnng dialekti hisoblanadi, 11 — 13-a. larda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga koʻra G. t. 3 sheva (sharqiy, jan.-gʻarbiy va gʻarbiy)ga ajraladi. Bu shevalar oʻrtasida farq kam. G. t. da skandinav tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Gel tili dagi yozuv yodgorliklar 16-a. boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, taʼlim sohasida qoʻllaniladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.