GELLAR

GELLAR, gaellar, goydellar, xaylenderlar — Shim.-Gʻarbiy Shotlandiyaning togʻli r-nlari va Gebrid o. larida yashovchi shotlandlarning etnik guruhi. Gellar qad. kelt qabilalariga mansub boʻlib qadimda Irlandiyaga koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan aralashib irland elatini shakllanishiga asos solgan (q. Irlandlar). G. ning bir qismi (skottlar) 5—6-a. larda Shotlandiyaga koʻchib, pikta qabilalar guruhi bilan birlashib shotland elatini shakllanishida ishtirok etgan (q. Shotlandlar). Umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (1990-y. lar oʻrtalari). Gel tilida soʻzlashadi (ingliz tilini ham bilishadi). Dindorlari — katoliklar.

Prev Article

GEL TILI

Next Article

GES