GENERAL

GENERAL (lot. generalis — umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-a. da Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-a. ning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida General mayor, G.-leytenant, Generalpolkovnik, armiya G. i kabi Generallik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qoʻshin turlarida Generallik unvoniga (armiya General idan tashqari) tegishli qoʻshin nomi qoʻshib ataladi (mas, artilleriya G. mayori).

Prev Article

GENEALOGIYA

Next Article

GENERAL-GUBERNATOR