GEOID

GEOID (geo… va yun. eidos — koʻrinish) — okean suvlari tinch va muvozanatda turgan paytda yuzasini quruqlik tagidan fikran davom ettirishdan hosil boʻlgan Yer shakli. Geoid sirti Yer yuzasining har bir nuqtasida shovun chiziqqa perpendikulyar boʻladi. Geoid ustidagi quruqlik massasining tuzilishi va zichligini bilmay turib Geoid yuzasining shaklini aniqlab boʻlmaydi. Shu bois Geoid yuzasi oʻrniga unga juda yaqin boʻlgan kvazigeoid (soxta geoid, geoidsimon) ishlatiladi. Kvazigeoid yuzasini aniq-lashda Geoid ustidagi quruklik massasining zichligini apiqlash shart emas. Bunda yuzalar farqi 2 m dan oshmaydi va geoid yuzasi deb yuritiladi.

Prev Article

GEODEZIYA

Next Article

GEOKIMYO