GEOSTROFIK SHAMOL

GEOSTROFIK SHAMOL — (geo… va yun. strophe — burilish, aylanish) — ishqalanish kuchi boʻlmagan, gorizontal bosim gradiyent kuchi S bilan Yer aylanishining ogʻdiruvchi kuchi A muvozanatlashgan sharoitda havoning tekis va toʻgʻri chiziqli gorizontal harakati. Geostrofik shamol parallel toʻgʻri chiziqli izobaralar boʻylab Shim. yarim sharda bosim gradiyentidan oʻng tomonga va Jan. yarim sharda chap tomonga toʻgʻri burchak ostida ogʻib yoʻnaladi. Geostrofik shamol tezligi gorizontal bosim gradiyenti dr ga proporsional. Bir xil bosim gradiyentlarida u havo zichligi r ga va geografik kenglik sinusiga teskari proporsional. Agar tezlikni m/s va bosim gradiyenti gektopaskalda (har 111,2 km da) ifodalansa: 4,8Ar G. sh. — gradiyent shamoluptt xususiy holi hisoblanadi.

Prev Article

GEOSIYOSAT

Next Article

GEOSFERALAR