GEOTERMIK OʻLCHASHLAR

GEOTERMIK OʻLCHASHLAR — parmalangan quduqlarda geotermik gradiyentni aniqlashda hamda qator razvedkaqidirish va texnik masalalarni yechishda qoʻllaniladigan usullar. Geotermik oʻlchashlarda asosan quduqqa tushiriladigan qarshilikli elektr termometr ishlatiladi. Bu asbobning ishiga mis elektr qarshiligining t-raga nisbatan mutanosib Oʻzgarishi asos qilib olingan. Burgʻilash suyuqligi va togʻ jinslarining har xil t-raga ega boʻlganligi uchun issiqlik holati muvozanatga kelgandan soʻng, yaʼni burgʻilash tamom boʻlgandan bir necha kun oʻtgandan soʻng geotermik gradiyent oʻlchanadi. Issiqlik diagrammalarida chuqurlik oshishi bilan t-raning umumiy oʻsishi va gaz, neft, kumir, sulfid maʼdanlari bilan bogʻliq ayrim anomaliyalar namoyon boʻladi. Olingan maʼlumotlar karotaj natijalarini tahdil qilishda qoʻllaniladi.

Prev Article

GEOTERMIK POGʻONA

Next Article

GEOTERMIKA