GEOTROPIZM

GEOTROPIZM (geo… va yun. tropos — burilish, yoʻnalish, qayrilish) — oʻsimlik organlarining yer tortish kuchi yoʻnalishiga qarab Yer markaziga nisbatan muayyan holat olishi. Geotropizm musbat, yaʼni toʻgʻri (mas, ildizning pastga qarab oʻsishi) va manfiy, yaʼni teskari (mas, poyaning yuqoriga qarab oʻsishi) boʻladi. Geotropizm tufayli oʻsimliklarning ildizi tuproqqa kirib boradi.

Prev Article

GEOTEXNOLOGIYA

Next Article

GEOFIZIK ANOMALIYALAR