GERSHENOVICH Rafail Samoylovich (1889.12.9 – Toshkent – 1960.23.6) – pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1943), tibbiyot fanlari dri (1935), prof. (1932). Parij pediatrlar jamiyati muxbir aʼzosi (1935). Samarkand (1914-18) va Toshkent (1918—19) t. y. kasalxonalari vrachi, ToshTI pediatriya kafedrasi (1930 — 45), 1945-y. dan gospital pediatriya kafedrasi mudiri. Ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti pediatriya kafedrasi rahbari (1935 — 48). Dizenteriya, pellagra, bolalar leyshmaniozi, ich terlama kabi kasalliklarni mukammal oʻrganib, ularni davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib borgan.