GIDROLOKATSIYA

GIDROLOKATSIYA (gidro… va lot. locatio — tarqalish) — suv osti obyektlari (mas, suvga choʻkkan kema) vaziyatini obyektlarning oʻzi tarqatayotgan (sust lokatsiya) yoki sunʼiy hosil qilingan akustik signallarning suv obyektlaridan qaytishi natijasida yuzaga keladigan (faol lokatsiya) akustik signallar vositasida aniqlash. Gidrolokatsiya kemalar harakatida koʻrinmaydigan suv osti toʻsiqlarini oshkor qilishda, baliq toʻdalarini aniklashda, okeanning fizik xossalarini tadqiq qilishda, choʻkkan kemalarni izlash va b. da katta ahamiyatga ega.

Prev Article

GIDROLOKATOR

Next Article

GIDROMETEORLAR