Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

GIDROTSILINDR

GIDROTSILINDR — porsheni ilgarilama-qaytma harakatlanadigan gidravlik dvigatel. Bir va ikki tomonlama harakatlanadigan, porshenli, plunjerli, membranali, teleskopli va b. xillari bor. Stanoklarda asosiy harakatni uzatishda, osma mashinalar, qurilish, yoʻl qurilishi va q. h. mashinalarining organlarini siljitishda, prokat stanoklarining qisish qurilmalarini yopibochishda keng qoʻllaniladi.

Prev Article

GIDROTSIKLON

Next Article

GIDROELEKTR STANSIYA