Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

GILON

GILON, Gelon — Erondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-gʻarbiy sohilida joylashgan. Mil. av. 8-a. — mil. 6-a. larda Gilon hududida gel qabi-lasi (hoz. gilonlar ajdodi, viloyat nomi xam shundan olingan) yashagan. 8—9-a. larda Gilonni arablar bosib olgan. 1307—70 y. lar moʻgʻullarga tobe boʻlgan. 1370-y. dan 16-a. gacha Gilonning sharqiy qismi — Loxijonda Saidlar davlati boʻlgan. Gilonning asosiy qismi 1385-y. dan Amir Temur va Temuriylar davlati, 16-a. boshidan Eron safaviylari tarkibida. Eron inqilobi (1905-11) va 1918-21 y. larda Erondagi milliy ozodlik harakatining muhim markazi boʻlgan. Xususan, Gilonning Resht sh. da Gilon respublikasi, mavjud boʻlgan. G. Eronning eng boy viloyatlaridan biri boʻlib, oʻrta asrlarda ayniqsa oʻzining ipagi bilan shuhrat qozongan.

Prev Article

GILOZOIZM

Next Article

GILON RESPUBLIKASI