GIPERBARIK OKSIGENATSIYA (giper…, yun. baros — ogʻirlik, bosim va lot. oxygenium — kislorod) — bosim yuqori boʻlgan sharoitda organizmni kislorodga toʻyintirish. Umumiy va mahalliy kislorod yetishmasligi bilan bogʻliq turli kasalliklarni davolash va oldini olishda qoʻllaniladi. Davo maxsus barokameralarda olib boriladi (q. Baroterapiya).