Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

GIPOGENITALIZM

GIPOGENITALIZM (gipo… va lot. genitalis — jinsiy) — jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) bilan ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi, ikkilamchi jinsiy belgilarnit anik, sezilmasligi. Jinsiy tizimning tugʻma nuqsonlari, oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklar G. ga sabab boʻladi. Gipogenitalizmni davolashda gormonlardan tashqari, kasallikning asosiy sababchisi bartaraf etiladi.

Prev Article

GIPOGEN MINERALLAR

Next Article

GIPOGLIKEMIYA