GIPOMORFOZ

GIPOMORFOZ (gipo… va yun. morphe — shakl, koʻrinish) — organizmlar tuzilishining rivojlanmasdan ikkilamchi soddalashuvi; biologik progressning asosiy yoʻnalishlaridan biri. Gipomorfoz koʻpincha tur ajdodlari individual rivojlanishidagi soʻnggi davrlarning tushib qolishida namoyon boʻlib, organizmning boshqa muhitga oʻtishi bilan bogʻliq (suvda va quruklikda yashovchilarning quruqlikka chiqishi). Neoteniya – ayrim dumli suvda va quruklikda yashovchilar ontogenezining lichinka davrida toʻxtab, jinsiy voyaga yetgan organizm singari koʻpayish xususiyatiga ega boʻlishi Gipomorfozga misol boʻla oladi. Gipomorfoz katamorfoznshg xususiy koʻrinishlaridan biridir.

Prev Article

GIPOKSIYA

Next Article

GIPOPARATIREOZ