GLOBOID UZATMA

GLOBOID UZATMA — chervyagi botiq (globoid) shaklda boʻlgan chervyakli uzatma. Bir vaqtda bir necha (4—7) tishlari tishlashishi va tishlarning tutashuv chizigiga qulay joylashishi tufayli boshqa tishli uzatmalarga Karaganda katta kuchni uzatadi. Globoid uzatma ishlaganda suyuklik yoki chala suyuklikli ishqalanish muhitini yaratadi va gʻildirak tishlari bilan chervyak arikchalari toʻla yoki chala moylanadi. Bir xildagi odatdagi chervyakli uzatmaga nisbatan Globoid uzatma 3—5-marta yuqori quvvatni uzata oladi. Kamchiligi — tayyorlash qiyinligi va yigʻish ancha murakkabligi. Globoid uzatma transport vositalari, kon mashinalari, samolyotlar va b. da qoʻllaniladi.

Prev Article

GLOBIN

Next Article

GLOBULINLAR