GO MOJO

GO MOJO (1892.16.11, Shavan – 1978, Pekin) — Xitoy yozuvchisi, shoir, tarixchi olim, jamoat arbobi. Kyusyu unti (Yaponiya)ning tibbiyot f-tini tamomlagan (1923). Xitoy FA prezidenti (1949-y. dan). «Maʼbudalar» (1921), «Yulduzlar olami» (1923), «Yangi Xitoy uchun gimn» (1953), «Gullar ochilaversin» (1958) va b. sheʼriy toʻplamlari bor. Milliy ozodlik («Urush bongi» qikoyalar toʻplami), vatanparvarlikYoʻlbars belgisi», pyesa, 1942) mavzularida asarlar, tanqidiy, publitsistik maqolalar, memuarlar yaratgan. «Quyoshni qutlab» sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1957).