GOBRIY

GOBRIY (qad. fors. Gaubaruva) — fors zodagoni, Mardoniynint oʻgʻli. Mil. av. 522-y. sent. da 6 ta fors zodagoni bilan birgalikda kohin Gaumatani oʻldirishda qatnashgan. Mil. av. 520-y. forslar hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan elamiylar qoʻzgʻolonini bostirishga rahbarlik qilgan. Mil. av. taxm. 514-y. skiflarga qarshi Shim. Qora dengiz sohillariga qilingan yurishda Doroga hamroh boʻlgan. Doro davrida Gobriy podsho nayzabardorlari boshligʻi edi. Uning urugʻ-avlodlari Gaumatani oʻldirishda qatnashgan boshqa fors zodagonlarining urugʻ-avlodlari qatori Axomanishshr davlatining soʻnggi kunlarigacha katta imtiyozlarga ega boʻlishgan.