GOBSON

GOBSON (Xobson) (Hobson) Jon Atkinson (1858.6.7, Derbi – 1940.1.4, London) — ingliz iqtisodchisi. Oksforddagi Linkoln kollejini tugatgan (1878). 1887-97 y. larda Oksford va London un-tlarida siyosiy iqtisoddan daryo berdi. Gobson meʼyoriy naflik, meʼyoriy unumdorlik va yetarli isteʼmol etilmaslik nazariyalari tarafdori.

Asosiy asari boʻlgan «Imperializm» (1902) kitobida iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini batafsil taʼriflab bergan va monopolistik kapitalizmgacha boʻlgan bosqichiga qaytish va parlament islohotlari yoʻli bilan jamiyatni boshqarishni yaxshilash mumkin deb hisoblagan.