GODAVARI

GODAVARI, Godi — Hindistondagi daryo. Uz. 1450 km, havzasinint mayd. 290 ming km2. Gʻarbiy Gat toglarining sharqiy yon bagridan boshlanib, Dekan yassitogʻligini kesib oʻtadi va Bengaliya qoʻltigʻiga delta (2 ming km2) hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va dengizboʻyi tekisligiga chiqish yerida ostonalar ustidan oqadi. Yassitogʻlikda chuqur vodiydan oʻtadi. Shu sababli faqat quyi oqimidagina sugʻorishda foydalaniladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 3500 m3/sek. Iyun—avg. da suvi koʻpayadi. Oʻrta oqimi va deltasida kema qatnaydi. Godavari boʻyida Rojamandri sh. joylashgan. Godavarida toʻgʻonlar, yirik GES va irrigatsiya sistemalari qurilgan.

Next Article

GODDARD