GOLDMAN Naum Abramovich

GOLDMAN Naum Abramovich (1896.23.7, Kiyev – 1981.19.2, Toshkent) — dirijyor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Toshkentdagi rus opera va balet teatrida bosh dirijyor (1941—46), Na-voiy nomidagi opera va balet teatrida dirijyor (1943—67), Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi (1941 — 81). Repertuaridan chet el, rus va Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlari oʻrin olgan. «Ivan Susanin» (M. Glinka, 1942), «Yevgeniy Onegin» (P. Chaykovskiy, 1948), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov va B. Brovsin, 1949), «Boris Godunov» (M. Musorgskiy, 1953, 1965), «Boʻronda» (T. Xrennikov, 1954), «Ulugʻbek» (A. Kozlovskiy, 1958), «Toska» (J. Puchchini, 1955, 1963) va b. operalarning sahnalashtiruvchi dirijyori.