GOLDSIYER

GOLDSIYER (Goldziher) Ignas (1850.22.6, Sekeshfexervar — 1921.13.11, Budapesht) — venger arabshunosi va islomshunosi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1876), Budapesht un-ti prof. (1894). Ilmiy ishlari islom tarixi, arab filologiyasi, qad. yahudiy mifologiyasiga oid. Islom manbalarini chuqur taxlil qilgan. Islomni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻlanmagan diniy gʻoyalar evolyutsiyasining mahsuli deb hisobladi. Islom madaniyatiga musulmon Sharqining barcha xalklari oʻz hissalarini qoʻshganligini ochib berdi. Goldsiyer islomshunoslikda tanqidiy maktab asoschisi. Asosiy asarlari: «Islom», «Islom toʻgʻrisida maʼruzalar», «Islomda avliyolarga sigʻinish» va b.