GOLKONDA

GOLKONDADekan (Hindiston) dagi oʻrta asr davlati (16 — 17-a. lar). Bahmaniylar davlatining parchalanishi natijasida vujudga kelgan (1512). Asoschisi bahmaniylarning Varangaldagi sobiq noibi Quli Qutbshoq boʻlgan, Davlat poytaxti — G. qalʼasi, 1589-y. dan Bxagnagar sh. (keyinchalik nomi Haydarobod deb oʻzgartirilgan). Toʻqimachilik va hunarmandchilikning boshqa turlari taraqqiy etgan, olmos qazib chiqarish rivojlangan. 1687-y. Boburiylar davlati tarkibiga qoʻshib olingan.