GOMEL

GOMEL — Belorussiyadagi shahar. Gomel viloyatining markazi. Soj daryosi (Dnepr irmogʻi) boʻyidagi port. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Shahardan Sankt-Peterburg—Kiyev—Odessa, Brest—Bryansk—Moskva, GomelMinsk—Vilnyus avtomagistrallari oʻtadi. Aholisi 475,2 ming kishi (1999), aholisining soni boʻyicha respublikada 2-oʻrindagi shahar. Mayd. 11256 ga. Shahar transporti avtobus va trolleybus qatnovidan iborat. Gomel dagi 100 dan ziyod sanoat korxonasi davlat, aksiyadorlik, ijara, qoʻshma va kichik biznes korxonalaridir. Mashinasozlik va metallsozlik (stanoklar, q. x. mashinalari, priborlar va b.), yogʻochsozlik, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Shuningdek, qurilish detallari zdi, qurilish materiallari va yigʻma temir beton k-ti faoliyat koʻrsatmoqsa. Savdo korxonalari, 13 katta va kichik bozor, 2 avtomobil bozori, 5 oliy oʻquv yurti (davlat un-ti, transport va texnika davlat un-tlari, kooperativ va tibbiyot in-tlari), 6 texnikum, 2 kollej (musiqaped. va sanʼat), litsey, gimnaziyalar, 9 i. t. instituta, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, telemarkaz, xalqaro aeroport mavjud. Shahar solnomalarda birinchi marta 1142-y. tilga olingan.