GOMOSEKSUALIZM

GOMOSEKSUALIZM (gomo… va lot. sexsus — jins) , gomoerotizm — jinsiy mayl aynishining bir turi, oʻz jinsidagi kishilar bilan jinsiy aloqa qilish. Erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi. Erkakning erkak bilan jinsiy aloqada boʻlishi (erkaklar Gomoseksualizmi) — besoqolbozlik, bachchabozlik, bolabozlik. Bu holat oʻtkinchi boʻlishi, yaʼni erkak jinsiy maylini qondirib turadigan kishisi — ayolini yoʻqotganida kuzatilishi mumkin, lekin Gomoseksualizm aksari kishi genotipidagi irsiy kamchilikka bogʻliq boʻladi, yaʼni kasallik tarzida uchraydi. Odamda jinsiy maylning qaror topishida irsiy sabablardan tashqari uning turmush tarzi ham katta ahamiyatga ega. Gomoseksualizmning ayrim koʻrinishlari qadimdan maʼlum.

Gomoseksualizm jinoyat hisoblanganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda (120-modda) jinoiy jazo belgilangan.