GOʻNG CHIVINLARI

GOʻNG CHIVINLARI (Scatophagidae) — ikki qanotli hasharotlar turkumi oilasi. Goʻng bilan oziqlanadigan koprofag hayvonlar. Goʻngda, odatda, sariq G. ch. (Scatophaga stercoraria) koʻp uchraydi. Sariq Goʻng chivinlarining uz. 10 mm gacha, tanasi qalin sargʻish tuklar bilan qoplangan. Qurtlari goʻng va chiqindilarda yashaydigan mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Goʻng chivinlarining hayoti goʻng bilan bogʻliq emas. Ular orasida oʻsimliklarga ziyon keltiradigan turlari ham bor. Yovvoyi va madaniy boshoqdoshlar (javdar, timofeyevka)ga boshoq chivinlari (Anraurosoma) ning qurtlari oʻsimliklar bargi va generativ organlariga ziyon keltiradi. Goʻng chivinlari oilasiga 500 dan ortiq tur kiradi. Koʻpchilik turlari chiriyotgan oʻsimliklar b-n bogʻliq.