GONG

GONG (malayziycha gong) — urma musiqa cholgʻusi. Jan.-Sharqiy Osiyo xalqlarida keng tarqalgan. Birinj yoki jezdan qayrilgan disk shaklida yasaladi. Maxsus tayoq bilan urganda choʻziq, ohangdor tovush hosil qilinadi (nomi shundan). Qadimdan jarchi (xabar beruvchi) cholgʻu sifatida ishlatilgan. Xalq teatri tomoshalarida, raqslar ijrosida joʻr boʻladi. Yevropada simfonik musiqada (1791-y. dan) va operada (1831-y. dan) foydaniladi. Gongning bir turi tamtam deb ataladi.

Prev Article

GONADOTROP GORMONLAR

Next Article

GONDVANA