GONIDIYALAR (yun. gone — keltirib chiqarish, urugʻ) — 1) ipsimon bakteriyalarning koʻpayishi uchun xizmat qiladigan, harakatchan yoki harakatsiz, bitta hujayradan iborat fragmentlari (boʻlaklari);
2) koʻk-yashil suv oʻtlarining shilimshiq qobigʻi boʻlgan, koʻpayish uchun xizmat qiladigan bir hujayrali fragmentlari;
3) suv oʻtlarining lishaynik tarkibiga kiradigan hujayralari; 4) zamburugʻlar va suv oʻtlarida jinsiy yoʻl bilan hosil boʻladigan sporannnt eski nomi.