GONIOMETR

GONIOMETR (yun. gonia — burchak va metr) — ikki yoqli burchaklarni oʻlchaydigan asbob. Silliqlangan metall va kristallar qirralari burchagini oʻlchashda ishlatiladi. Goniometrning bevosita qirralarga qoʻyib oʻlchaydigan va nur qaytishiga asoslanib oʻlchaydigan xillari bor. Nur qaytishiga asoslangan Goniometr yakka aylanali va qoʻsh aylanali boʻladi; ikki qirradan qaytgan nurlar orasidagi burchakni oʻlchaydi. Bunday Goniometr gorizontal metall yoki shisha doira, kursicha, kuzatish trubasi va qoʻzgʻalmas kollimatordan iborat. Kollimatordan tushgan nurlar kristall qirralaridan qaytadi va kuzatish trubasiga tushadi. Goniometr geologiya, mineralogiya, petrografiya, kristallografiya va b. sohalarda ishlatiladi.

Prev Article

GONDURASLAR

Next Article

GONIT