GONOLULU

GONOLULU — AQSHdagi shahar va port. Gavayi shtatining maʼmuriy markazi. Tinch okeandagi dengiz va havo yoʻllarining muhim tuguni. Oaxu o. ning jan. sohilida joylashgan. Aholisi 371,6 ming, shahar atrofi bilan birga 800 mingdan ziyod kishi (2000). Shakar-qand, meva-konserva va baliq-konserva z-dlari, kemasozlik korxonasi bor. Gavayi o. lari tashqi savdosining deyarli hammasi Gonolulu orqali oʻtadi. Kurort joy. Turizm markazlaridan. Gonoluluda un-t (1919), Tinch okean aloqa in-ti, xalqaro aeroport va b. bor. Gonoluludan gʻarbroqdagi Perl-Xarbor buxtasida AQSHning Tinch okeandagi eng yirik harbiy dengiz bazalaridan biri joylashgan.