GORDION

GORDIONFrigiya davlatining qad. poytaxti (Sangariya daryosining oʻng qirgʻogʻida, Turkiyaning Bebi qishlogʻi yaqinida). Arxeologik qazishlar natijasida undan mil. av. 8—5-a. larga oid tosh va xom gʻishtdan ishlangan mudofaa devorlari, turar joylar, juda koʻp maishiy buyumlar, qabriston topilgan. Gordiondan topilgan mozor qoʻrgʻonlar qad. skiflarnikiga oʻxshash boʻlgan. Gordion mil. av. 7-a. da kimmeriylar tomonidan vayron qilingan.