GORDIY TUGUNI

GORDIY TUGUNI — yunon afsonasiga koʻra frigiyalik podshoh Gordiy tomonidan boʻyinturuq arqonini arava shotisiga chital qilib bogʻlangan tugun. Bashoratchi (kohinorakul)ning soʻzlariga koʻra, goʻyo kimda-kim bu tugunni yecha olsa, u dunyoga hokim boʻlar emish. Rivoyat qilinishicha, mil. av. 334-y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga Gordiy tugunini yechishni taklif etganlarida u qilichi bilan tugunni chopib tashlagan. «Gordiy tugunini chopib tashlash» (chigal, murakkab masalani tez va dadil hal qilish) iborasi shundan olingan.

Prev Article

GORGIPPIYA

Next Article

GORDIMER