GOʻRGON

GOʻRGON (1930-y. gacha Astrobod) – Erondagi shahar. Aholisi 188,7 ming kishi (1997). T. y. orqali Bandar-Turkman sh. bilan bogʻlangan. Q. x. rni markazi (tamaki, sholi, moyli oʻsimliklar). Paxta tozalash, sholi oqlash, yogʻ-moy va tamaki korxonalari bor. Gilam toʻqiladi. Goʻrgon (arab. Jurjon, antik manbalarda Girkaniya, qad. forscha Vrkana) — Erondagi qad. tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-sharqida joylashgan. Kaspiy dengizi G. nomi bilan qadimda Girkan yoxud Jurjon dengizi deb atalgan. Oʻrta asrlarda Goʻrgon markazi — Goʻrgon porti Shim. oʻlkalarga boruvchi ipak karvonlari uchun savdo markazi va toʻxtash yeri hisoblangan (yana q. Jurjon).